So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Taekvondochilarimiz o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazish uchun Janubiy Koreyaga jo'nab ketishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7342

Avvalroq, taekvondo WTF bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari poytaxtimizda o'quv-mashg'ulot yig'inlari olib borayotganliklari haqida xabar qilgandik. Yil hisobidan tayyorgarlikning birinchi bosqichi Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati va O'zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi mashg'ulotlar zalida bo'lib o'tdi. Endi vakillarimiz MOQ strategiyasi asosida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish uchun Janubiy Koreya poytaxti Seul shahriga jo'nab ketishdi.
Sportchilarimiz yig'inga quyidagi tarkibda yo'l olishdi:
Nikita Rafalovich
Maksim Rafalovich
Valentin Xegay
Xojiakbar Zokirov
Temurbek Urolov
Shohruh Rajabov
Nigora Tursunqulova
Madinabonu Mannopova
Charos Qayumova
Svetlana Osipova
Murabbiy: Aleksandr Kim.
Mazkur xorijiy yig'in 5 fevralga qadar davom etadi.