So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Rabo «PSJ» ustidan shikoyat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5321

«PSJ» yarim himoyachisi Adrien Rabo jamoa bilan mojaroga bormoqda. 23 yoshli frantsiyalik futbolchi o'z klub ustidan Frantsiya Liga-1 rahbariyati va futbolchilar kasaba uyushmasiga shikoyat qildi.
Rabo murabbiy Tomas Tuxelning qaroriga ko'ra "PSJ"ning yoshlar jamoasida shug'ullanmoqda. U esa asosiy jamoaga qaytishni istamoqda.
«Adrien Rabo tezda «PSJ»ning asosiy tarkibiga qaytishi kerak. Aks holda klubga nisbatan sanktsiya qo'llanilishi mumkin. Huquqiy jihatdan «PSJ» Raboni o'rinbosarlar safiga yuborishga haqli emas. Ular Ben-Arfa bilan ham shunday ish tutib, xatoga yo'l qo'yishgandi.
Agar futbolchi yaqin orada asosiy jamoaga qaytarilmasa-chi? Biz oldindan yuz berishi mumkin bo'lgan narsani taxmin qila olmaymiz. Ammo kasaba uyushmasi vaziyatni diqqat bilan kuzatadi. «PSJ» vaqtdan yutishni istamoqda, ammo biz bunga yo'l qo'ymaymiz. Ayniqsa, qishki transfer muddati yakunlanishga yaqin qolganda.
Futbolchi o'ziga mos sharoitda shug'ullanishi kerak. Jamoa unga nisbatan hurmatni saqlashi lozim», – dedi kasaba uyushmasi vakili.
Avvalroq Rabo «PSJ» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortib, «Barselona» bilan kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgandi. Uning parijliklar bilan shartnomasi ushbu mavsum so'ngida yakunlanadi.