So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Sardorlarni eslab… «Real Madrid»ning afsonaviy sardori
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3895

Raul Gansales nomi tobora ko'plab muxlislarning yodidan chiqib bormoqda. «Real Madrid» deganda futbol ishqibozlarining ko'z oldiga haliagcha Kristiano Ronaldo kelsa, ajab emas. To'gri, Ronaldo «qaymoqranglilar» uchun 500 ga yaqin gollar urib, o'z nomini tarix zarvaraqlarida oltin harflar bilan bitib qo'ydi, lekin «qirollik klubi» safida yana kamtarin, lekin buyuk bir futbolchi bor edi-ki, uni hozirda ko'pchilik yodidan ham chiqarib yuborgan bo'lsa kerak.
Raul Gansalaes aslida futbolning ilk sir-asrorlarini «Atletiko Madrid» safida o'rganadi. Keyinchalik «matraschilar» akademiya o'quvchilari sonini keskin kamaytirishadi, oqibatda, Raul «Real Madrid» safiga borib qo'shiladi.
Uning «qaymoqranglilar» safidagi debyuti ancha erta boshlanadi. 18 yoshidayoq betakror texnika egasi sifatida ajralib turgan Raul tez orada asosiy tarkibda ko'rinish bera boshlaydi.
U butsasini mixga ilgani haqidagi xabar tarqalgan kuni Stiv Makmanaman ajoyib fikr bildirgan edi:
Afsus zamonaviy futbol tobora robotlar o'yiniga o'xshab bormoqda. Robotlar orasidagi kam sonli texnika egalaridan biri bugun futbolni abadiy tark etdi. Afsuski, unga o'xshagan nozik tabiat texnika egasi boshqa futbol olamida uchramasa kerak. Uning texnikasi meni har doim hayratda qoldirgan. Men ko'plab yulduzlar bilan to'p tepganman, lekin unga o'xshash mehribon va oq ko'ngil futbol yulduzini boshqa ko'rmadim. Safarlarda hamma o'zini nima bilandir mashg'ul qilar, u esa doim kitob o'qirdi. U tom ma'nodagi sardor edi.
«Real Madrid» tepasiga Florintina Perez kelgach, va'dasida turadi va jamoaga birin – ketin super yulduzlarni jamlay boshlaydi. Avvaliga Ronaldo, Bekham, Zidan, Figo jamoaga kelgach, Perez oradan ko'p otmay, Maykl Ovenni ham safga qo'shib oladi. Qahramonimiz dunyoning super yulduzlari safida yo'qolib qolmadi. Sardor sifatida «dunyo terma jamoasi»ning g'alabalariga munosib hissa qo'sha oldi.
Raul haqida Zayniddin Zidanning qiziq bir jumlasini keltirib o'tmasak, o'quvchilar bizdan hafa bo'lishsa kerak
Raul «Barselona» muxlislari hurmat bilan eslaydigan kam sonli o'yinchilardan biri edi. U nafaqat Kataloniya, balki, boshqa jamoalar safida ham gol ursa, hech qachon raqiblarni kamsitish yoki mazah qilish uslubida golni nishonlamas, shunchaki, qo'lidagi uzugini o'pib qo'yardi.
Raul jamoaga Kristiano Ronaldo kelgach, asta - sekinlik bilan zahiraga mixlanayotganini sezadi. O'sha paytlari u ko'plab klub faxriylari singari jamoa bilan uzoq yillik shartnoma tuzib olishdek pastkashlikdan o'zini olib qochadi va klubni o'z xohishi bilan tark etadi.
Xayralshuv oqshomida futbol muxlislari uni so'nggi bor «qaymoqrang» libosda ko'rishadi. Raul o'z vaqtida, hurmat va ehtrom bilan sodiq klubini tark etadi.
Keyingi bekat sifatida ko'pchilik uni pul ishlash uchun Evropa qit'asidan uzoqroqqa ketishini taxmin qiladi, lekin qahramonimiz yana ikki yil «Shalke 04» jamoasida to'p suradi. Eng qizig'I shundaki, Raul o'z iqtidorini yana bir namoish etadi va «Shalke 04» safida ellikka yaqin gollar kiritadi.
Raul haqidagi kichkina maqolamizni u haqida Bekham tomonidan aytilgan so'zlar bilan yakunlaymiz
«Real» ga kelgach, menga 7-raqamni berishlarini juda istab klub rahbariyatiga murojaat qildim. Ertasi kuni «Real Madrid»ning ilk mashg'ulotlarda qatnashdim. Raul bilan 2 soat mobaynida birga shug'illandik va men darhol o'zimga boshqa raqam topish haqida o'ylab qoldim. Sababi, bu raqam bu jamoada bu yigitdan boshqasiga munosib emas ekanligini tushunib etdim”