So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Neymar: «Pelening tanqidini hurmat qilaman, ammo uning fikriga qo'shilmayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22564

«PSJ» hujumchisi Neymar braziliyalik futbol afsonasi Pelening tanqidiga javob qaytardi.
«Pelening tanqidi menga qiziq tuyuldi. Agar g'alaba qozonmasang, tanqidlar paydo bo'ladi. Men jahon chempionatida hech qachon simulyatsiya ishlatmaganman, menga nisbatan qoida buzishgan.
Hozir odamlar bu haqida ko'p gapirishmoqda, bois bu Neymar. Men Pelening tanqidini hurmat qilaman, ammo uning fikriga qo'shilmayman», – dedi Neymar.
Avvalroq Pele Neymar haqida quyidagicha fikr bildirgandi:
«Futboldan tashqaridagi faoliyati uchun Neymarni himoya qilish qiyin. Men u bilan gaplashdim va unga qobiliyati haqida eslatib o'tdim. Uning omadi kelmadi. Boisi, Braziliya JChda g'olib chiqmadi. Shu sababli, u haqida ko'p gapirishdi».