So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Hududiy bolalar va o'smirlar futbol akademiyalarida nazorat imtihonlari bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7914

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilarining jismoniy va maxsus tayyorgarligini o'rganish bo'yicha navbatdagi joriy nazorat imtihonlar davom etmoqda.
Imtihonlar 2019 yilning yanvar-fevral oylari davomida Respublikamizdagi barcha hududiy bolalar-o'smirlar futbol akademiyalarida o'tkazilishi haqida avval xabar berib o'tgan edik.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining yillik joriy nazorat imtihonlar taqvimiga asosan, akademiya tarbiyalanuvchilarining jismoniy va maxsus tayyorgarligi nazoratdan o'tkazilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Farg'ona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyalarida joriy nazorat imtihonlar o'z yakuniga etdi.
Bugungi kunda Xorazm, Surxondaryo, Navoiy viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyalarida joriy nazorat imtihonlar o'tkazilmoqda.