So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Fazliddin G'oibnazarov Rikardo Garsiyani nokautga uchratdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10015

Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarov bugun Nyu-Yorkda dominikanlik bokschi Rikardo Garsiyaga qarshi ringga chiqdi.
Sakkiz raundlik jang muddatidan oldin yakunlandi. Bokschimiz raqibini uchinchi raundda nokdaun holatiga tushirdi. To'rtinchi raund yakunlangach Garsiya jangni davom ettira olmasligini ma'lum qildi.
Bu Fazliddin uchun professional boksdagi ettinchi jang bo'ldi. U barcha janglarini g'alaba bilan yakunlagan. Janglarning to'rttasida raqiblarini nokautga uchratgan. Rikardo Garsiya esa 20 marotaba ringga chiqib, 14 marotaba g'alaba qozongan (9 ta nokaut). 5 ta jangda mag'lub bo'lgan. Fazliddinga qarshi bahsda u faoliyatidagi dastlabki nokautni qabul qilib oldi. Bitta jangida esa durang qayd etgan.