UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ravshan Haydarov: «Yaponiyaga qarshi o'yinda bosim yo'q bo'lsa-da, mas'uliyat bor»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7431

Taniqli mutaxassis Ravshan Haydarov Osiyo Kubogidan o'rin olgan O'zbekiston - Yaponiya uchrashuvi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi. "Avvalambor, yigitlarimiz keyingi bosqich masalasini muddatidan avval hal qilishgani bilan tabriklayman. Minimum vazifa bajarilgani tashqi bosimni kamaytiradi. Keyingi o'yinlarda futbolchilar yanada kuchliroq o'yin namoyish qilishlariga yordam beradi. Yaponiyaga qarshi o'yinda bosim yo'q bo'lsa-da, mas'uliyat bor. Futbolchilarimiz g'oliblik ruhini yo'qotmaslik uchun ham bu o'yinda g'alaba uchun harakat qilishadi.
Murabbiylar shtabi futbolchilarimizni Yaponiyaga qarshi o'yinga to'g'ri tayyorlashlariga ishonchim komil. Pley-off o'yinidan oldin Yaponiyaga qarshi uchrashuv juda ham qo'l keladi. Bu o'yinda g'alaba qozonadigan bo'lsak, o'zimizga bo'lgan ishonchimiz yanada ortadi. Futbolchilarimiz o'yindan-o'yinga kuchayib borishmoqda. Albatta, Yaponiya kuchli raqib. Lekin bizning yigitlar bugun chiroyli o'yin namoyish qilishlariga ishonaman.
Yaponiyaga qarshi o'yinda terma jamoamizga omad tilab qolaman!" - deydi Haydarov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!