So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Yaponiyaga qarshi o'yin oldidan terma jamoamizning rasmiy mashg'uloti bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5871

Ushbu uchrashuv oldidan bugun Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz futbolchilari rasmiy mashg'ulot o'tkazishdi. Bugungi mashg'ulot davomida futbolchilar asosan engil yuklamalar olishdi. Darvozabonlar tabiiyki alohida shug'ullanishdi. Shunindek, jamoa a'zolari ikkiga bo'lingan holda bir-birlariga qarama-qarshi to'p surishdi va ushbu o'yin davomida taktik ishlanmalar yana bir bor ko'zdan kechirildi. Ektor Kuper futbolchilardan bosimni olib tashlashga bel bog'lagan ko'rinadi. Uchinchi tur va 1/8 final orasida vaqt qisqa bo'lganligi sabab terma jamoamiz ustozi futbolchilarga katta yuklamalar bermadi. Aksincha, ertangi uchrashuvda ba'zi futbolchilarga dam berishi ham ehtimoldan holi emas.
Yaponiyaga qarshi o'yin oldidan tarkibdagi 23 nafar futbolchining barchasi sog'-salomat holda bugungi mashg'ulotda ishtirok etdi. Egor Krimetsning ham diskvalifikatsiya muddati yakuniga etdi va u ertangi bahsda terma jamoamiz safida maydonga tushish imkoniyatiga ega.
Eslatib o'tamiz, Yaponiya hamda O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi.