So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
“Sport vaziri kubogi”ni Chilonzor tumani yoshlari qo'lga kiritishdi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4365

Qishki ta'til davrida o'quvchi-yoshlarni va mahalla fuqarolarini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb qilish maqsadida 2018 yil 25 dekabrdan boshlab Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi ta'lim muassasalaridagi mavjud sport inshootlarida basketbol, badminton, voleybol, stol tennisi va mini futbol sport turlaridan “O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi” sport musobaqalari o'tkazildi.
14 kun davom etgan mazkur sport musobaqalarida jami 9 400 nafarga yaqin Toshkent shahar fuqarolari, shu jumladan 7 500 nafar yoshlar qamrab olindi.
Musobaqa Nizomiga ko'ra, joriy yilning 25-30 dekabr kunlari ta'lim muassasalari va mahallalar bosqichi, 2019 yil 2-5 yanvar kunlari tuman bosqichi va 6-9 yanvar kunlari Toshkent shahar bosqichi tashkil etildi.
Musobaqalarning asosiy shahar bosqichlari Toshkent shahrining Uchtepa, Shayxontohur va Olmazor tumanlarida bo'lib o'tdi.
Stol tennisi bo'yicha o'smirlar o'rtasida Mirzo Ulug'bek tumani 209-umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi Samandar Rasulov, qizlar o'rtasidagi bahslarda Chilonzor tumani 178-umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi Lola Qahramonxo'jaeva 1-o'rinni egalladi.
Badminton bo'yicha qizlar o'rtasida 1-o'rinni Chilonzor tumani 195-umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi Sevinch Sodiqova va o'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqalarda Chilonzor tumani 195-umumta'lim maktabining 9-sinf o'quvchisi Muhammad To'lqinov qo'lga kiritdi.
Voleybol bo'yicha o'g'il va qizlar bahslarida ham Chilonzor tumanining 90-umumta'lim maktabi jamoalari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
Basketbol bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasida birinchi o'rinni Olmazor tumani 233-umumta'lim maktabi jamoasi egallagan bo'lsa, qizlar jamoalari orasida Yashnobod tumani 61-umumta'lim maktabi jamoasi ustunlik qilishdi.
Mini-futbol bo'yicha Yashnobod tumani 227-umumta'lim maktabi jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
Umumjamoa hisobida 71 ball to'plab, birinchi o'rinni Chilonzor tumani, 2-o'rinni 65 ball bilan Olmazor tumani hamda 3-o'rinni 58 ball jamlagan Yashnobod tumani yoshlari egalladi.
Bugun, 10 yanvar kuni Olmazor tumanidagi 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida musobaqalarning g'olib va sovrindorlari tantanali tarzda taqdirlandi.
G'oliblarga “O'zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi” hamda barcha g'olib va sovrindorlarga vazirlik tomonidan sport sumkalari va sport ekipirovkalari topshirildi.