Mendesh: «Yamal «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan yagona futbolchi ekanini barcha biladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10

«Barselona» hujumchisi Lamin Yamalning agenti Jorje Mendesh futbolchining «Oltin to'p» sovrinini qo'lga kiritishi kerakligini ta'kidladi.
«Yamal «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan yagona futbolchi ekanini barcha biladi. Uning boshqalardan farqi juda katta. Buni men emas, butun dunyo gapiryapti. "Barselona" ham buni yaxshi tushunib turibdi», — deb keltiradi Mendeshning so'zlarini "Mundo Deportivo".
Avvalroq Yamal «Barselona» bilan shartnomasini uzaytirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, ispaniyalik hujumchining maoshi yiliga 8 million evrogacha oshishi qayd etilgan. Hozirgi paytda Yamal bir mavsumda 420 ming evro maosh olmoqda.
Yamalning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha tuzilgan.