Tyuram A Seriyada may oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9

"Yuventus" va Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kefren Tyuram A Seriyada may oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bir oy davomida frantsiyalik futbolchi chempionatdagi uchta o'yinning faqat ikkitasida maydonga tushdi. U "Bolonya"ga qarshi o'yinda (1:1) gol urdi, shuningdek, "Latsio"ga (1:1) qarshi o'yinni to'liq o'tkazdi.
Kefren ovoz berishda "Milan" a'zosi Aleks Ximenes, "Roma" futbolchisi Manu Kone, "Atalanta" yarim himoyachisi Ademola Lukman, "Napoli" vakili Skott Maktominay va "Bolonya" markaziy yarim himoyachisi Rikkardo Orsolinini ortda qoldirdi.
Ushbu o'yinchilar Hawk-Eye tizimi tomonidan qayd etilgan kuzatuv ma'lumotlari yordamida yaratilgan ilg'or Stats Perform tahlili yordamida tanlangan.