"MYu"ning asosiy maqsadi - uch nafar futbolchisini sotib yuborish
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

"Manchester Yunayted" yozda sotilishi klub uchun ustuvor bo'lgan uchta futbolchini aniqladi.
Evropa ligasi finalida "Tottenxem"dan 0:1 hisobida uchralgan mag'lubiyat "Manchester Yunayted"ning transfer byudjetiga katta zarba bo'ldi va "qizil iblislar" endi o'z tarkibini tiklash uchun pulni yana qaerdan olish mumkinligini o'ylab ko'rishlari kerak.
Manchester Evening News nashri xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" o'zining hozirda tarkibda mavjud bo'lgan futbolchilarini sotmoqchi.
"Manchester Yunayted" birinchi navbatda boshqa klublarda ijara asosida o'ynagan Markus Reshford, Antoni va Jeydon Sancho uchun xaridorlarni qidirmoqda.
"MYu" hozirda Reshfordni 40 million funtga baholamoqda, Antoni 32,5 million funtga, "Chelsi" esa Sanchoni 25 million funtga sotib yubormoqchi.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, Reshfordning "Aston Villa"da qolishi dargumon. Markus Chempionlar ligasida o'ynaydigan xorij klublaridan biriga o'tishni rejalashtirmoqda.
"MYu" boshqa o'yinchilar, jumladan, Tirell Malasia, Alexandro Garnacho va Rasmus Xyoylund uchun ham takliflarga ochiq bo'ladi.