Xabi Alonsoning "Real"dagi yordamchisi kim bo'lishi aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32

37 yoshli ispaniyalik mutaxassis Benyat Labaen "Real"ning yangi murabbiylar shtabiga kiradi, deb xabar berdi jurnalist Ramon Alvares de Mon o'zining tvitterdagi sahifasida.
Qayd etilishicha, u kelasi mavsumdan "qirollik klubi"ni boshqaradigan Xabi Alonsoning yordamchisi bo'ladi.
Labaen allaqachon "Real"da ishlagan - u tahlilchi va U-18 jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi bo'lgan.
Uning so'nggi ish joyi "Saragosa" bo'lib, u erda ham yordamchi bo'lgan. Uning yagona bosh murabbiylik tajribasi Yaponiya ikkinchi divizionining "Tokusima Vortis" jamoasidir.
Avvalroq, Karlo Anchelotti mavsum yakunlangach, jamoa bosh murabbiyligidan ketishi ma'lum bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!