Musiala muhim o'yinlarda Germaniya terma jamoasiga yordam berolmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10

"Bavariya"ning hujumkor yarim himoyachisi Jamol Musiala Millatlar ligasining hal qiluvchi o'yinlarini o'tkazib yuboradi, deb xabar beradi Kicker.
Manbaga ko'ra, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Bavariya" sport direktori Maks Eberlning Musiala tiklanib, klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga to'liq tayyor bo'lishi uchun uni turnirga chaqirtirmaslik haqidagi iltimosini qanoatlantirgan.
Eslatib o'tamiz, 22 yoshli germaniyalik futbolchi 4 aprel kuni Bundesliga 28-turidan o'rin olgan "Augsburg"ga (3:1) qarshi safar o'yinida jarohat olgan edi. Uning sonining orqa yuzasi shikastlanganligi aniqlandi.
Joriy mavsumda Musiala 40 ta o'yinda 18 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.