So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Arsenal" tezroq bu futbolchisi bilan shartnoma masalasini yopmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Tomas Parti klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Charlz Uotts xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar joriy haftada faollashgan. Ta'kidlanishicha, hamma transfer oynasi ochilishidan oldin aniqlik bo'lishini istagani uchun masalani tezroq yopish niyatida.
Manbaning ta'kidlashicha, "Arsenal" va Parti o'rtasida hali kelishuvga erishilmagan, ammo tomonlar hamkorlikni davom ettirishni istashadi.
Bu mavsumda 31 yoshli Parti barcha musobaqalarda 51 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 3 ta golga hammualliflik qilgan. Futbolchining "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi 30-iyunga qadar mo'ljallangan.