So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Manchester Siti" "Bornmut" himoyachisi uchun "Liverpul" bilan kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

"Manchester Siti" yozgi transferlar davrida kuchayishga umid qilmoqda. "Shaharliklar" himoya chizig'ining chap qanotiga "Bornmut" futbolchisi Milosh Kerkezni olib kelmoqchi. So'nggi haftalarda matbuot bu futbolchini "Liverpul" bilan faol bog'lab kelayotgandi, ammo "Manchester Siti" ham poygaga qo'shildi.
The i Paper nashrining xabar berishicha, "Manchester Siti" 21 yoshli Kerkez uchun so'rovlar yuborgan va bu borada haqiqiy da'vogar bo'lib turibdi.
Qayd etilishicha, Kerkez "Liverpul"ga o'tishni istamoqda va futbolchi Arne Slotga juda yoqadi. Ammo mersisaydliklar haligacha taklif bilan chiqishmagan, shu bois "Manchester Siti"ga eshiklar ochildi.
Nufuzli Transfermarkt portali Milosh Kerkezni 35 million evroga baholamoqda.