So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Modrich faoliyatini qachon yakunlashi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

Yarim himoyachi Luka Modrich kelajagi borasida bir qarorga keldi. AS xabariga ko'ra, xorvatiyalik futbolchi "Real"da yana bir mavsum - 2026 yilning yozigacha qolishni mo'ljallamoqda. Keyin Modrich Xorvatiya terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etishni va shundan so'ng darhol faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, "Real"ning bo'lajak ustozi Xabi Alonso allaqachon Modrichning keyingi mavsumda ham jamoada qolishini ma'qullagan. Klub 39 yoshli xorvatiyalikdan maoshini kamaytirishni so'raydi, ammo Luka uchun bu muammo emas - u bunga tayyor.
Aytish kerakki, Xorvatiya terma jamoasi hali jahon chempionatiga yo'llanma olishi kerak. "Shashkachilar" bir guruhda Chexiya, Chernogoriya, Farer orollari va Gibraltar bilan kuch sinashadi.
Luka Modrich "Real" safida 2012 yilning yozidan buyon to'p tepib kelmoqda.