So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Falastinni qo'llab-quvvatlagan Gari Lineker BBC telekanalini tark etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10

Gari Lineker antisemitizm ayblovlari fonida BBC'ni tark etmoqda.
Avvalroq, Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi va BBC'ning "Match of the Day" ko'rsatuvi boshlovchisi Palestine Lobby akkauntining nashri - kanadalik-falastinlik huquqshunos Diana Buddaning Isroilning G'azo sektoridagi harakatlarini tanqid qilgan videosi bilan bo'lishgan edi. Videoga kalamush tasviri qo'shilgan - bu tasvir fashistlar Germaniyasida ko'pincha yahudiylarni tasvirlash uchun ishlatilgan. Keyinchalik u postni o'chirib tashladi.
Daily Mail nashrining yozishicha, Lineker antisemitizmda ayblanayotgani sabab BBC'ni tark etadi.
Qayd etilishicha, Lineker shundoq ham mavsum yakunida "Match of the Day" boshlovchisi lavozimini tark etmoqchi bo'lgan, ammo endi 2025/26 yilgi mavsumda Angliya kubogi va 2026 yilgi jahon chempionati translyatsiyalarida ham ishtirok etmaydi.
Sky Sports jurnalisti Rob Harrisning ma'lum qilishicha, boshlovchining ketishi haqida dushanba kuni rasman e'lon qilinadi.