So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Lyakazettning uyini o'g'ri urib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

Asosiy Liga 1ning 34-turidan o'rin olgan "Lion" - "Anje" (2:0) uchrashuvida noxush hodisa yuzaga keldi.
"Lion" hujumchisi Aleksandr Lyakazett maydonda jamoasiga yordam berayotgan bir paytda uning uyini o'g'rilar urib ketdi. Le Progrès nashri xabariga ko'ra, uchrashuv boshlanganidan taxminan yarim soat o'tib futbolchining uyiga ikki noma'lum shaxs kirgan. O'g'rilar seyfga bostirib kirib, qimmatbaho buyumlar: zargarlik buyumlari, qimmatbaho charm aksessuarlar va naqd pullarni o'g'irlab ketishgan. Umumiy zarar 10 ming evrodan oshiqroq deb baholanmoqda. Politsiya allaqachon tergov boshlagan. Qaroqchilar Lyakazettning stadionda bo'lganini bilishganmi yoki yo'qmi hozircha noma'lum, ammo vaqt ba'zi shubhalarni keltirib chiqarmoqda.
Aleksandr Lyakazett "Lion" tarbiyalanuvchisi sanaladi. 2017 yilda u Londonning "Arsenal" klubiga o'tdi va u erda besh mavsum o'tkazdi, shundan so'ng frantsuz klubiga qaytdi.