So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Arteta: "Jamoani 4-5 nafar futbolchi tark etadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

Londonning "Arsenal" klubi yangi mavsum oldidan asosiy tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan.
ESPN nashri xabariga ko'ra, klub yo'qotishlarning o'rnini bosish va jamoaning raqobatbardoshligini oshirish uchun bir vaqtning o'zida bir nechta o'yinchilar bilan shartnoma imzolash ustida faol ishlamoqda. Manbaga ko'ra, "kanonirlar"ning asosiy maqsadi "Real Sosedad" yarim himoyachisi Martin Subimendi, Bilbaoning "Atletik" klubi vingeri Niko Uilyams va "Leyptsig" hujumchisi Benjamin Sheshko.
Ulardan tashqari londonliklar "Sporting" hujumchisi Viktor Dyokeresh va "Nyukasl" yulduzi Aleksandr Isakga ham qiziqish bildirishmoqda. Bosh murabbiy Mikel Arteta shaxsan o'zi asosiy pozitsiyalarni mustahkamlashni talab qilmoqda. U ongli qarorlar qabul qilish zarurligini ta'kidladi: "Biz juda ehtiyot bo'lishimiz kerak. Bizga tarkibda chuqurlik etishmayapti, oldinda yo'qotishlar bor: shartnomalar yoki ijaralar tugashi bilan bizni 4-5 nafar futbolchi tark etadi. Biz intizomli bo'lishimiz va keyingi mavsumda nima kuchli bo'lishni xohlayotganimizni aniq bilishimiz kerak", - dedi Arteta.