So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Qozog'istonlik engil atletikachilar O'zbekistondagi turnirdan nega chetlatildi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9

15 may kuni Toshkentda engil atletika bo'yicha UNG Meeting xalqaro musobaqasi bo'lib o'tdi. Sportnews.kz nashrining xabariga ko'ra, musobaqaning disk uloqtirish yo'nalishida ishtirok etishi kerak bo'lgan ikki qozoq sportchisi — Evgeniy Labutov va Evgeniy Milovatskiy bellashuvda qatnasha olishmadi.
Qozog'iston engil atletika federatsiyasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, sportchilar belgilangan vaqtda ro'yxatdan o'tmagani sababli bellashuvlardan chetlatilgan. Ya'ni ular ro'yxatdan o'tish vaqtiga kech qolgan.
Bunday qat'iy reglamentga amal qilinishi musobaqaning World Athletics (Jahon engil atletika federatsiyasi) kuzatuvchilari nazorati ostida o'tkazilayotgani bilan izohlanmoqda.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston engil atletika federatsiyasining stadionida o'tgan UNG Meeting Continental turniri Xalqaro engil atletika federatsiyasining taqvimidan o'rin olgan bronza darajasidagi turnir bo'lib, unda 13 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Musobaqa bir kunga mo'ljallangan bo'lib, unda o'zbekistonlik engil atletikachilar 13 ta oltin, 10 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi.