So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Mirko Elichich: «Yosh futbolchilar yanada ko'proq ishlashlari kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

Proliganing 6-turidan o'rin olgan «Lokomotiv» — «Olimpik» (2:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Mirko Elichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O'yin yaxshi o'tdi. Raqib ko'proq bosim qildi, to'p nazorati ham ular tomonida bo'ldi. Bizga tajriba etishmadi", — deb gap boshladi Elichich.
— Ikkinchi o'tkazilgan golda darvozabon xato qildi. Uchrashuv davomida u yaxshi o'ynagandi, bu xatoga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?
— To'g'risi, o'sha golni ko'rmadim, zaxiradan futbolchi tushirishga tayyorlanayotgandim. U yosh posbon, tajriba kam, kontsentratsiya etishmadi. Eng yaxshi darvozabonlar ham xato tufayli gol o'tkazishadi. Futbolda ko'p narsani millisoniyalar hal qiladi. Millisoniyaga kontsentratsiyani yo'qotsang xato qilasan va gol o'tkazib yuborasan.
— 6 ta tur ortda qoldi, «Olimpik» siz kutgan futbolni namoyish etyaptimi?
— Yigitlar o'z vazifalarini bilib olishgan. Albatta yoshlar bilan ishlashda vaqt kerak. 4 oy kam muddat. Yosh futbolchilar yanada ko'proq ishlashlari kerak.