So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ilyos Zeytullaev: «Yigitlarga borini bergani uchun minnatdorchilik bildiraman!»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

Superliganing 10-turidan o'rin olgan «Bunyodkor» – «Navbahor» (2:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ilyos Zeytullaev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
— Yigitlarga borini bergani uchun minnatdorchilik bildiraman!
— Himoyachilarning harakatlariga qanday baho berasiz?
— Himoyachilarimga umuman e'tiroz yo'q. Ular juda yaxshi harakat qilishdi. Jangchi ular!
— Bugungi o'yindan avval rejalar qanday edi?
— Futbol o'ynash va undan rohat olish!
— Mag'lubiyatni nima bilan bog'lagan bo'lardingiz?
— Rosti, bu savolga javob berish qiyin.
— Balki bugun «Navbahor» yaxshi o'ynagandir?
— Hozir aniq fikr bildira olmayman, faqat qo'l ostimdagi yigitlarga rahmat aytishim mumkin. Sababi, ular bilan katta yo'lni bosib o'tdik. Ular bilan faxrlanaman!
— Natija adolatlimi?
— O'zingiz nima deb o'ylaysiz?
— Menimcha bahsli.
— Savolingizga o'zingiz javob berdingiz.