So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Real"ga qarshi o'yinda "Sevilya"ning ikki futbolchisi qizil kartochka oldi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

"Sevilya"ning ikki futbolchisi "Real"ga qarshi o'yinda maydondan chetlatildi.
La Liganing 37-turida "Sevilya" o'z maydonida "Real"ni qabul qilmoqda (0:0, ikkinchi bo'lim).
12-daqiqada "qaymoqranglilar" hujumchisi Kilian Mbappe mezbonlar darvozasi tomon yakkama-yakka yugurib bordi va Loik Bade unga nisbatan qo'pollikni amalga oshirdi.
Bosh hakam Mateo Buskets VAR tekshiruvidan so'ng himoyachiga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi.
46-daqiqada "Sevilya" hujumchisi Isaak Romero zaxiradan maydonga tushdi. Tez orada u "Real Madrid" yarim himoyachisi Aurelien Tchuameniga nisbatan qoida buzdi. Hakam ispaniyalik futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi. VAR ko'rsatmasidan so'ng Buskets monitor oldiga borib, takroriy lavhani o'rganib chiqdi va 48-daqiqada Romeroga qizil kartochka ko'rsatdi.