So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ronalduning o'g'li Portugaliya U15 termasida safida dubl qayd etdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

Krishtianu Ronalduning to'ng'ich o'g'li Portugaliya terma jamoasidagi ilk gollarini urdi.
Avvalroq, "An-Nasr" tizimidagi 14 yoshli vinger ilk bor Portugaliya U15 terma jamoasiga chaqirilgandi. Bugun kichik Krishtianu Ronaldu jamoadagi ilk gollarini urdi.
Vlatko Markovich turniri finalida Xorvatiyaga qarshi kechgan bahsda 7-raqam ostida o'ynagan portugaliyalik futbolchi 13-daqiqada chap oyoq bilan yo'llagan zarbasi bilan hisobni ochgan bo'lsa, 43-daqiqada boshi bilan zarba yo'llab dubl qayd etdi. Uchrashuv Portugaliyaning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Ronalduning o'g'li o'zining birinchi golini otasining uslubida nishonladi - "Siiii" deb baqirdi.
Bungacha "Yuventus" va "Manchester Yunayted" akademiyalarida o'ynagan kichik Krishtianu Yaponiya (4:1) va Gretsiya (1:1) terma jamoalariga qarshi bilan o'ynab, gol urmagandi.