So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Anchelotti Xeysen transferiga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43

Madridning "Real" klubi ustozi Karlo Anchelotti klubning yangi xaridi - himoyachi Din Xeysenga yuqori baho berdi.
Ispaniya terma jamoasining 20 yoshli futbolchisi Angliyaning "Bornmut" klubidan 60 million evro evaziga yangi klubiga o'tadi. Himoya markazida o'ynagan Xyoysen mavsum davomida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"U ajoyib o'yinchi, yosh, katta salohiyatga ega. Juda yaxshi transfer. "Real" o'z safiga qo'shib olayotgan barcha uchun xursandman, chunki bu jamoa har doim cho'qqida bo'lishni istaydi," - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Madrid Universal.
Anchelotti tez orada "Real"ni tark etadi va asosiy e'tiborini Braziliya terma jamoasidagi yangi ishiga qaratadi. Uning o'rniga Xabi Alonso keladi.