So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Anchelotti: "Valverde, Vinisius, Rodrigo yoki Kurtua kabi o'yinchilarga bu mavsum uchun yuqori baho berib bo'lmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

"Real" murabbiyi Karlo Anchelotti joriy mavsum haqidagi savolga javob berdi. Jamoa asosiy maqsadlariga erisha olmadi - chempionlikni qo'lga kirita olmadi va Chempionlar Ligasida g'olib bo'lmadi. Italiyalikdan jarohatlardan tashqari yana qandaydir bahonalar bor-yo'qligi so'raldi.
"Biz ko'proq natijalarga erishishimiz mumkin edi. Valverde, Vinisius, Rodrigo yoki Kurtua kabi o'yinchilarga bu mavsum uchun yuqori baho berib bo'lmaydi. Ammo men hech qachon futbolchilarni tanqid qilmayman, chunki ular menga so'nggi yillarda juda ko'p quvonch bag'ishlashdi. Ular men uchun doimo eng yaxshilari bo'lib qolaveradi, hatto ba'zida o'zlarining eng yaxshi tomonlarini ko'rsata olmasalar ham," - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.