So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Futzal. Yaponiya ayollar terma jamoasi – Osiyo chempioni!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5

Xitoyning Hohhot shahrida o'tgan Osiyo kubogi-2025 musobaqasi Yaponiya ayollar futzal jamoasining triumfi bilan yakuniga etdi.
Tailand terma jamoasiga qarshi o'tgan final bahsida kuchlar teng keldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida tomonlar ikki martadan, qo'shimcha vaqtlarda esa bir martadan muvaffaqiyat qozonishdi. O'yindan keyingi penaltilar seriyasida omad Yaponiya terma jamoasi qizlariga kulib boqdi. Shu tariqa, yaponiyaliklar birinchi marta Osiyo chempioni degan sharafli nomga sazovor bo'lishdi.
Osiyo kubogining bronza medallari Eron Islom Respublikasi terma jamoasiga nasib etdi. Ikki karra qit'a chempioni bo'lgan fors qizlari bu safar kichik finalda musobaqa mezbonlari – Xitoy Xalq Respublikasi terma jamoasidan ustun kelishdi.
Osiyo kubogi to'purarligi eronlik Maral Torkamanga nasib etdi – 6 gol.
Shu tariqa Osiyo kubogi sovrindorlari bo'lgan Yaponiya, Tailand va Eron terma jamoalari Filippinda o'tadigan Jahon chempionati yo'llanmasiga ham ega bo'lishdi.
Osiyo kubogi-2025
Yarim final. 15 may
Xitoy – Tailand – 2:3
Yaponiya – Eron – 3:2
3-o'rin uchun. 17 may
Xitoy – Eron – 1:3
Final. 17 may
Yaponiya – Tailand – 3:3, penaltilar seriyasi – 3:2