So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
“Real Madrid” Rodrigoga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30

“Real” Argentinaning “River Pleyt” klubi safida to'p surayotgan Franko Mastantuononi o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Bu haqda TyS Sports nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “qaymoqranglilar” rahbariyati, xususan prezident Florentino Peres 17 yoshli hujumkor yarim himoyachining vakillari bilan bog'langan va uning transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Hozirda futbolchining agenti Madridda bo'lib turibdi.
Shunga qaramay, Mastantuono Evropaga o'tishga shoshilmayapti. U vatanida yana bir oz o'ynab, keyin ko'hna qit'aga kelishni istamoqda. Madrid tomon uni braziliyalik futbolchi Rodrigo uchun potentsial o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda, chunki Franko ham o'ng qanot hujum chizig'ida samarali harakat qila oladi.
Avvalroq futbolchiga “Milan”, “Atletiko” va “PSJ” klublari ham qiziqish bildirgan. Xaridor jamoalar uni taxminan 45 million evro evaziga sotib olishi mumkinligi aytilmoqda.
Joriy mavsumda Franko Mastantuono “River Pleyt” tarkibida 17 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 6 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan. Uning klubi bilan shartnomasi 2026 yilning oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali Mastantuononing qiymatini 15 million evroga baholagan.