So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Alisher Odilov: "Ertangi uchrashuvda bizni g'alabadan boshqasi qoniqtirmaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8

O'zbekiston Superligasining 10-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Navbahor" uchrashuvidan oldin namanganliklarning 23 yoshli mahoratli yarim himoyachisi Alisher Odilov bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Ertangi bahsga odatdagiday yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Odatda biz har bir o'yinga jiddiy yondashib, yuqori sur'atda tayyorgarlik ko'ramiz. Bu galgisi ham bundan mustasno bo'lmadi.
Bo'lajak raqibimiz – "Bunyodkor" borasida to'xtaladigan bo'lsak, ushbu jamoaga qarshi o'ynasa bo'ladi. Raqibni hurmat qilamiz, yaxshi shakllangan jamoa, ammo engib bo'lmas darajada emas.
Maydonga g'alaba ishtiyoqida tushib, buni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz, qolgani Allohdan.
Ertangi uchrashuvda bizni g'alabadan boshqasi qoniqtirmaydi. Shu bois, ta'kidlaganimdek, zafar quchish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz, - dedi Alisher Odilov.
Manba: "Navbahor" klubi matbuot xizmati