UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Totti: "Inter"ga muxlislik qilaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16

Rimning "Roma" klubi afsonasi Franchesko Totti faoliyati davomida hech qachon Chempionlar Ligasi finalida o'ynamagan - ammo u bo'lajak final o'yinida Milanning "Inter" klubiga muxlislik qilishini aniq biladi. Eslatib o'tamiz, Simone Indzagi shogirdlari "PSJ"ga qarshi hal qiluvchi bahsda maydonga tushadi.
"Albatta, Chempionlar Ligasi finalida Italiya klubi - "Inter"ga muxlislik qilamiz. Umid qilamanki, ular uddalashadi va chempionlar kubogini Italiyaga qaytarishadi," - deya Tottining so'zlarini keltiradi fcinter1908.it.
Eslatib o'tamiz, futbol bo'yicha Evropaning eng nufuzli klublar o'rtasidagi musobaqasining final uchrashuvi may oyining so'nggi kunida Germaniyaning Myunxen shahrida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!