UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Buffon - Chempionlar Ligasi finali haqida: "Kim loyiq bo'lsa, o'sha g'alaba qozonsin"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8

Italiya terma jamoasining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon Chempionlar ligasining bo'lajak finali haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, musobaqaning hal qiluvchi o'yini may oyining so'nggi kunida Germaniyaning Myunxen shahrida bo'lib o'tadi. Unda Parijning "PSJ" va Milanning "Inter" klublari o'zaro bahs olib boradi. Buffon o'tmishda "PSJ"da o'ynagan.
"Kim loyiq bo'lsa, o'sha g'alaba qozonsin. Shaxsan men uchta finalda mag'lub bo'ldim, ammo ularning hech birida, to'g'risini aytsam, g'alabaga loyiq emasdik. Finallar haqida oddiy qoida bor - kim bunga loyiq bo'lsa, o'sha g'alaba qozonishini xohlayman," - deya Buffonning so'zlarini keltiradi fcinter1908.it.
Buffon 2024 yilda faoliyatini yakunlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!