UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Ajoyib edi": Flik Yamalning goliga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Espanol"ga qarshi chempionlik o'yinida Lamin Yamal tomonidan kiritilgan golga baho berdi.
"Ko'k-anorranglilar" derbida 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi va mavsum tugashiga ikki tur qolganida La Liga chempionligini qo'lga kiritishdi. Lamin Yamal ikkinchi bo'lim boshida uzoq masofadan chiroyli zarba yo'llab, gol urgan bo'lsa, o'yin oxirida Fermin Lopesga assistentlik qildi.
"Qizib olish vaqtida Lamin xuddi shunday gol urayotganini ko'rdim. Bunday zarbalarni mashg'ulotlarda mashq qilayotganini har kuni ko'raman. Bu ideal edi," - dedi Flik o'yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!