So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Lion» bosh murabbiyi jamoa afsonasi yozda ketishini tasdiqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23

Frantsiyaning «Lion» klubi bosh murabbiyi Paulu Fonseka jamoa sardori Aleksandr Lyakazett klub safidagi oxirgi o'yinini «Anje»ga qarshi o'tkazishini tasdiqladi.
«Bugun men Aleks bilan gaplashdim. Bu haqiqat — ushbu o'yin uning bu erdagi faoliyatidagi oxirgisi bo'ladi. Bu esa jamoa uchun unga chiroyli tarzda xayrlashish uchun qo'shimcha motivatsiya bo'ladi.
U bu klub uchun ajoyib ishlar qildi. U professional futbolchining yorqin namunasi, men u bilan ishlashdan mamnun bo'ldim. Biz uning sharafiga zo'r o'yin o'tkazishimiz kerak, u bunga munosib», — dedi Fonseka.
Ma'lumot uchun, 33 yoshli Aleksandr Lyakazett «Lion» safida barcha musobaqalarda 390 ta o'yin o'tkazib, 199 ta gol va 55 ta golli uzatma muallifi bo'lgan. Frantsiyalik hujumchi faoliyatini qaerda davom ettirishi hozircha noma'lum.