So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Jeymi Vardi futbolchilik faoliyatini davom ettirish niyatida ekanini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12

Angliyaning «Lester» klubi hujumchisi Jeymi Vardi professional futbolchilik faoliyatini davom ettirish niyatida ekanini aytdi. Avvalroq 38 yoshli forvard mavsum yakunlangach jamoani tark etishini ma'lum qilgan edi.
«Futbol — hayratlanarli dunyo. Nima bo'lishini hech qachon oldindan ayta olmaysan. Men faoliyatimni to'xtatmayman — to'xtash kerakligini oyoqlarim aytmaguncha. Hozircha oyoqlarim bilan hammasi joyida», — dedi Vardi Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda Vardi «Lester» tarkibida barcha turnirlarda 35 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo'ldi. Vardi 2012 yildan beri «Lester» safida to'p surib kelmoqda.
Ayni paytda, «Lester Siti» jamoasi mavsum yakunlariga ko'ra Angliya Premer-ligasini tark etadi — jamoa 36 ta o'yindan so'ng 22 ochko jamg'argan