So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Bavariya" Taga 12 mln evro maosh va imzo uchun bonusli shartnoma taklif qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

Myunxenning "Bavariya" klubi 2025 yilning yozida erkin agentga aylanadigan "Bayer" himoyachisi Jonatan Ta transferiga jiddiy e'tibor qaratmoqda.
Ran.de nashri xabariga ko'ra, nemis grandi 29 yoshli futbolchiga 4 yillik shartnoma va yiliga 12 million evro maosh taklif qilishga tayyor. Shuningdek, myunxenliklar transfer summasi yo'qligini katta miqdordagi - taxminan 15 million evrolik imzo bonusi bilan to'ldirishga tayyor ekani aytilmoqda.
Avvalroq, Ta "Barselona"ga o'tish arafasida edi, ammo kataloniyaliklar moliyaviy cheklovlar tufayli futbolchini keyingi mavsumga ro'yxatdan o'tkazishni kafolatlay olmagani sababli kelishuv barbod bo'ldi.
Himoyachiga "Bavariya"dan qiziqish yangilik emas: klub sport direktori Maks Eberl transferga o'tgan yilning yozida rozi bo'lgan, biroq o'shanda kelishuv klub kuzatuv kengashi tomonidan bloklangan.