So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Amorim ustuvorliklarni belgiladi: Chempionlar Ligasi "Manchester Yunayted" uchun sovrindan muhimroq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11

"Manchester Yunayted" ustozi Ruben Amorim jamoa uchun Evropa Ligasida g'alaba qozonish emas, Chempionlar Ligasiga qaytish asosiy vazifa bo'lib qolayotganini ma'lum qildi.
"Chempionlar ligasi - bizning asosiy yo'nalishimiz. Sportdagi o'sish, keyingi mavsumga tayyorgarlik, klub maqomi - barchasi muhim. Bizga Evropa Ligasidagi g'alabaning o'zi etarli emas. "Yunayted"da Chempionlar Ligasisiz kelajakni qurib bo'lmasligini his qilasan. Shuning uchun chempionlik yoki kubok emas, aynan shu turnir muhim ahamiyatga ega," - deya Amorimning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Ayni vaqtda "Manchester Yunayted" 39 ochko bilan APLda atigi 16-o'rinda bormoqda. Ammo jamoa 21 may kuni finalda "Tottenxem" bilan to'qnash keladigan Evropa Ligasi g'olibligi orqali bosh evrokubok yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyatini saqlab qolmoqda.