UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Mbappe Levandovski bilan farqni oshirib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe chorshanba oqshomida La Liganing "Malorka"ga qarshi uy uchrashuvida gol urdi. Shu tariqa, frantsiyalik hujumchi to'purarlar poygasida Robert Levandovskidan farqni oshirdi.
Hozirda Mbappe joriy Ispaniya chempionatida 28 ta gol urgan. U to'purarlar poygasida ishonchli etakchilik qilmoqda, chunki ikkinchi o'rindagi Levandovski 25 ta gol urgan.
Xabaringiz bor, Kilian Mbappe uchun bu "Real"dagi debyut mavsum hisoblanadi. O'tgan yozda yulduz hujumchi madridliklar safini to'ldirib, "PSJ"dan erkin agent maqomida ko'chib o'tgandi.
"Real" joriy mavsum Ispaniya chempionatida yana ikkita o'yin o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!