UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Xarri Keyn chempionlik kubogini klub muzeyiga qo'ydi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Myunxen jamoasining klub muzeyiga tashrif buyurdi va Germaniya chempioni 2024/2025 yilgi kubogi "Kumush salat idishi"ni taqdim etdi.
"Bugun muzeyda bo'lish va bu kubokni hamma ko'rishi uchun ko'rgazmaga qo'yishdan juda baxtiyorman!" — deb yozdi Keyn X ijtimoiy tarmog'ida.
Eslatib o'tamiz, myunxenliklar muddatdan oldin chempionlikni qo'lga kiritdi. Taqdirlash marosimi 10 may, shanba kuni Bundesliganing 33-turidan o'rin olgan Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasiga (2:0) qarshi o'yindan so'ng bo'lib o'tdi.
Qayd etish kerakki, 31 yoshli hujumchi uchun Germaniya chempionligi unvoni uning professional faoliyatidagi birinchisi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!