So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Real" Xabi Alonso uchun "Bayer"ga pul to'lamaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14

"Real" "Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonsoning ehtimoliy transferi uchun hech qanday pul to'lamaydi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, Leverkuzen klubi ispaniyalik mutaxassisni shartnoma muddati tugashiga bir yil qolganda tekinga qo'yib yuborishga rozi bo'lgan, shuning uchun "Real" hech qanday pul sarflamaydi. Qayd etilishicha, so'nggi yillarda "qaymoqranglilar" ko'pincha tovon to'lamay turib, yirik operatsiyalarni amalga oshirmoqda.
9 may kuni "Bayer" matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso joriy mavsum yakunlanganidan so'ng jamoani tark etishini ma'lum qildi. Mutaxassisning keyingi ish joyi "Real Madrid" bo'lishi aytilmoqda, u Karlo Anchelotti o'rnini egallaydi, u o'z navbatida mavsum oxirida klubdagi faoliyatini yakunlaydi va Braziliya terma jamoasini boshqaradi.