So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Evra: "Agar Fergyuson hozir murabbiy bo'lganida, ehtimol u qamoqqa tushishi mumkin edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10

Patris Evraning fikricha, Aleks Fergyusonning usullari bugun boshqacha qabul qilinadi.
"Agar Fergyuson hozir murabbiy bo'lganida, ehtimol u qamoqqa tushishi mumkin edi. Fergyuson nima qilgan bo'lsa, buning yakuni qamoqdan boshqa narsa bo'lishi mumkin emas.
Bilasizmi, men qancha o'yinchilarning butsasini uloqtirib yig'laganini ko'rganman? U haqiqiy shayton edi.
Runi bir marta penaltini amalga oshira olmagan Uelbekka to'pni uzatdi. Biz mag'lub bo'ldik, ammo bu o'rtoqlik o'yini edi.
Biz kiyinish xonasiga qaytganimizda, Fergyuson: "Uelbek!" - dedi. Uelbek va men hojatxonada edik, lekin Fergyuson tinmay qichqirardi: "Sen o'zingizni kim deb o'ylaysan? Birinchi jamoaga kelasan, penalti tepasan".
"Shef, bu shunchaki o'rtoqlik o'yini", dedim. Va u: "O'rtoqlik o'yiningga tupurdim!, degandi ser" - dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi SDS podkastida.