So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Milan" futbolchisi: "De Bryuynening o'yinidan zavqlaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5

"Milan"ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Tidjani Reynders bolalikdagi kumiri kimligini aytdi. Reyndersning aytishicha, u bolaligida Pep Gvardiola boshchiligidagi buyuk "Barselona" jamoasidan zavqlangan. Ammo so'nggi yillarda uning diqqati belgiyalik sehrgar Kevin de Bryuynega qaratildi - Tidjani aynan uning harakatlarini o'rganadi va nusxa olishga harakat qiladi.
"Bolaligimda "Barselona"ning ashaddiy muxlisi edim. Ammo ulg'aygach, Kevin de Bryuynening o'yinlaridan bahra olishni boshladim. Uning maydonni skanerlashi, ko'rishi menga juda yoqadi. Men ham xuddi shunday qilishga, xuddi shunday bo'lishga, undan o'rganishga harakat qilaman", - dedi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Tidjani Reynders "Milan"da 2023 yildan buyon o'ynab kelmoqda.