So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Virts "Liverpul" bilan ham muzokara olib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8

Florian Virtsga "Liverpul" qiziqmoqda.
Oldinroq "Bayer" yarim himoyachisi "Bavariya" bilan transferga rozi bo'lgani ma'lum bo'lgandi, ammo "Manchester Siti" ham uning transferi bo'yicha taklif bilan chiqqandi. Kecha 22 yoshli futbolchi Angliyada "shaharliklar" bilan muzokara o'tkazdi.
Bild jurnalisti Kristian Falk xabariga ko'ra, futbolchi kecha nafaqat "Manchester Siti" bilan, balki "Liverpul" vakillari bilan ham gaplashgan. "Mersisaydliklar" Virtsning transferi 100 million evrodan ko'proqqa tushishi mumkinligini tushunishadi. Taxminlarga ko'ra, "Bayer" 150 millionga yaqin pul olishni xohlaydi.
Shu bilan birga, "Liverpul"ning ustuvor yo'nalishi - boshqa pozitsiyalarni - xususan, hujum markazini mustahkamlash.
Qayd etilishicha, "Bavariya" 100 million evro atrofida taklif tayyorlamoqda va Florian transfer bo'yicha bergan va'dasini bajarishini kutmoqda.