So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Frantsiyalik shaxmatchi bilan durangga erishgan Abdusattorov Polsha vakili bilan kuch sinashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3

Bugun, 14 may kuni Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida davom etayotgan “Superbet Chess ClassicRomania-2025” turnirining 7-turida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov polshalik Yan-Krishtof Duda bilan kuch sinashadi.
Umumiy mukofot jamg'armasi 350 ming AQSh dollaridan iborat xalqaro turnirning kecha o'tkazilgan 6-turida Nodirbek frantsiyalik Maksim Vashe-Lagravga qarshi qora donalarda harakatlandi.
Uchrashuvning ilk dona surishlaridanoq turnirda etakchilar qatorida borayotgan Frantsiya vakili 6-yurish holatidan durangga “rozi” ekanligini ko'rsatdi va tomonlar 0,5 ochkodan bo'lishib olishdi.
Mazkur turda o'tkazilgan 5 ta “duel”ning 4 tasida murosa yo'li tanlangan bo'lsa, faqat oq donalarda Alireza Firuzdja va jahon chempioni Gukesh Dommaradju qarama-qarshiligidagi bahsda frantsiyalik shaxmatchi ustunlikka ega bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, 9 ta turdan iborat xalqaro turnirda g'oliblikka erishgan shaxmatchi 100 ming, shuningdek bahslarda dona surayotgan qolgan 9 nafar shaxmatchi egallagan qatoridan kelib chiqib, belgilangan mukofot pullari bilan taqdirlanadi.
Turnir 16 maygacha davom etadi.