So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APL grandlari Sheshko uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

"RB Leyptsig"ning yulduz forvardi APLning ikki top-klubi nazariga tushdi.
Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, Benyamin Sheshkoga APLning birdaniga ikki top-klubi qiziqish bildirmoqda, biroq u ularning nomini oshkor qilmayapti. Avvalroq, iste'dodli futbolchiga "Arsenal"dan qiziqish bo'layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Qayd etilishicha, 21 yoshli sloveniyalikning "Leyptsig" bilan 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan shartnomasida uning tovon puli 80 million evro etib belgilangan. Bu tovon pulini faqat shu yozda faollashtirish mumkin.
Bu mavsumda Benyamin Sheshko "RB Leyptsig" safida barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mashhur Transfermarkt portali uning narxini 65 million evroga baholamoqda.