So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Giggz Fernandeshning "Manchester Yunayted"dan ketishiga qarshi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

Rayan Giggz "Manchester Yunayted"dan Bruno Fernandeshning ketishiga qarshi.
Xavbekka Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
"Hech bir futbolchi klubdan ustun bo'lolmaydi, ammo hozir u o'ziga xos o'yinchi, u sardor. Aynan u o'yinlarda o'ziga xos nimadir yaratadi va hozirda u (MYuning boshqa o'yinchilaridan) bir bosh baland.
Hozir uni yo'qotish aqlga sig'masdi, chunki uni jamoadagi qolganlar bilan solishtiradigan bo'lsak, u klubda paydo bo'lganidan beri barqaror ko'rsatib kelayotgan jihatlari bo'yicha er bilan osmoncha.
U doim formada, doim to'pga chanqoq. Uning kamchiliklari bor, lekin kuchli fazilatlari kuchsizlaridan ustun turadi. U ajoyib futbolchi," - dedi "MYu"ning sobiq futbolchisi.