So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Yosh velosportchilar bellashuvi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4

Viloyatimizda velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha kichik o'smirlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bahslari bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Velosiped sporti federatsiyasi tomonidan o'tkazilgan ushbu nufuzli musobaqa yurtimizning barcha hududlaridan iqtidorli va umidli sportchilarni qamrab oldi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, o'g'il bolalar o'rtasida 42 kilometr masofaga bo'lib o'tgan guruh poygasi bahslarida Toshkent viloyati vakili Emil Valishen oltin medalni qo'lga kiritdi, poytaxtlik Shoakmal Shoakmalov esa marrani ikkinchi bo'lib kesib o'tdi. Shuningdek, toshkentlik yana bir sportchi Mironshoh Bahodirov ham sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Qizlar o'rtasidagi 21 kilometr masofaga o'tgan guruh poygasi bellashuvlarida Omina Tursunova (Sirdaryo viloyati) oltin, Tansolpan Alimbaeva (Toshkent viloyati) kumush, Milana Yarovaya (Sirdaryo viloyati) esa bronza medalini qo'lga kiritdilar.
G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.