So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"PSJ" va "Arsenal" yarim himoyachi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

Frantsiyaning "Strasburg" klubi sharafini himoya qilayotgan braziliyalik yarim himoyachi Andrey Santos Evropaning top-klublari e'tiboriga tushdi. Le10Sport xabariga ko'ra, "Chelsi"ga tegishli bo'lgan futbolchini "Arsenal" va "PSJ" o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Andrey Santos 2024 yilning avgustida bir yillik ijara asosida "Strasburg"ga o'tgandi. "Chelsi" braziliyalik futbolchini 2023 yilning yanvarida "Vasko de Gama" klubidan 12,5 million evro evaziga transfer qilgandi. Hozirda 21 yoshli xavbekning Transfermarkt bo'yicha narxi 25 mln evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Andrey Santos "Strasburg" safida Liga 1 va Frantsiya kubogida 33 ta o'yin o'tkazdi. Ularda markaziy yarim himoyachi 10 ta gol va beshta assist qayd etdi. Uning "Chelsi" bilan shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan.