So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Mourino "Manchester Yunayted" hujumchisining "Fenerbaxche"ga o'tishini ma'qulladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

"Manchester Yunayted"ning 25 yoshli qanot hujumchisi Jeydon Sancho xizmatiga "Fenerbaxche" qiziqish bildirmoqda. Turkiya klubi angliyalik futbolchini Superliganing keyingi mavsumida jamoaga ustunlik qilishda yordam bera oladigan futbolchilardan biri sifatida ko'rmoqda. Bu haqda Yeni Asir xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Fenerbaxche" bosh murabbiyi Joze Mourino "qizil iblislar" hujumchisining ehtimoliy transferini ma'qullagan. Ta'kidlanishicha, mankunianliklar Sanchoni 30 mln evroga baholamoqda.
O'tgan yozda ingliz "Chelsi"ga ijara asosida o'tgandi. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.