So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Andijon»da ukrainalik mutaxassis Shatskixga yordamchi murabbiy etib tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12

«Andijon» klubi murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar davom etadi. Ukrainalik 54 yoshli mutaxassis Vitaliy Vasilevich Shpanyuk bilan ham kelishuvga erishildi va u «Andijon»da yordamchi murabbiy vazifasida ish olib boradi.
Shpanyuk 1971 yilning 12 fevral kuni Ukrainada tavallud topgan. Pro litsenziyasiga ega bo'lgan mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida «Kremen» (Ukraina), «Arsenal» (Kiev, Ukraina), Ukraina terma jamoasi, «Slavutich» (Ukraina), «Karpati» (Ukraina), «Anji» (Rossiya), «Dinamo» Tbilisi (Gruziya), «Lvov» (Ukraina), «Vorskla» (Ukraina), «Rotor» (Rossiya) va «Paxtakor» klublarida ishlagan.
Ushbu mutaxassis aynan «Paxtakor» klubida Maksim Shatskixning murabbiylar shtabida samarali mehnat qilgan. Endilikda esa Shpanyuk «Andijon»da Shatskixga yaqindan yordam beradi.